Customs Code

302-modda. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari

Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qo'llash orqali amalga oshiriladi: olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha; aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha; o'xshash tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha; qiymatlarni chegirib tashlash asosida; qiymatlarni qo'shish asosida; zaxira usul. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha aniqlash usuli olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi. Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usulini qo'llash mumkin bo'lmasa, ushbu modda birinchi qismining uchinchi — yettinchi xatboshilarida ko'rsatilgan usullar ketma-ketlikda qo'llaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qo'llanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin bo'lmasa, yo'l qo'yiladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qo'shish usullari teskari ketma-ketlikda qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.