Boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari, tovarni jo'natuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng ko'p qulaylik berish rejimini qo'llayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qo'llaniladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko'p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan tashqari quyidagi miqdorlarda qo'shimcha bojxona boji undiriladi:
bojxona bojining advalor stavkasi turi o'n foizgacha bo'lgan tovarlarga nisbatan — besh foiz;
bojxona bojining advalor stavkasi o'n foizdan yigirma foizgacha bo'lgan tovarlarga nisbatan — o'n foiz;
bojxona bojining advalor stavkasi yigirma foizdan o'ttiz foizgacha bo'lgan tovarlarga nisbatan — o'n besh foiz;
bojxona bojining advalor stavkasi o'ttiz foiz va undan yuqori bo'lgan tovarlarga nisbatan — yigirma foiz.
lex.uz’dagi asl matn300¹-modda. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko'p qulaylik berish rejimini qo'llash
(300¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1097-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.11.2025 й., 03/25/1097/1099-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 февраль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.