Customs Code

3-modda. Bojxona to'g'risidagi qonunchilikning vaqt bo'yicha amal qilishi

(3-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona ishida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olgan kuni amalda bo'lgan qonunchilik qo'llaniladi. Bojxona to'g'risidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega emas va agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo'llaniladi. Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan bojxona to'g'risidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega. Bojxona to'lovlarini bekor qilish, bojxona to'lovlari stavkalarini kamaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining majburiyatlarini bekor qilish yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi bojxona to'g'risidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega bo'lishi mumkin, agar bu bojxona to'g'risidagi qonunchilikda to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan bo'lsa, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bojxona to'g'risidagi qonunchilik, agar hujjatlarning o'zida kechroq muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bojxonaga oid huquqbuzarlik sodir etilgan kunda amalda bo'lgan qonunchilik hujjatlari asosida qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.