Customs Code

290-modda. Bojxona bojlari, qo'shilgan qiymat solig'i va aktsiz solig'i

(290-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona bojlariga import, eksport, alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) va mavsumiy bojxona bojlari kiradi. Import bojxona boji tovar bojxona hududiga olib kirilayotganda to'lanadi. Eksport bojxona boji tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda to'lanadi. Alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) bojxona bojlari qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo'llaniladi. Mavsumiy bojxona bojlari tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va bojxona hududidan olib chiqishni tezkor tartibga solib turish uchun qo'llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan bojxona bojlarining stavkalari qo'llanilmaydi. Mavsumiy bojxona bojlarining amal qilish muddati ular belgilangan paytdan e'tiboran olti oydan oshmasligi kerak. Bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan tovarlarga soliq va bojxona to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq qo'shilgan qiymat solig'i va aktsiz solig'i solinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.