Customs Code

282-modda. Bojxona brokerining majburiyatlari

(282-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona brokeri: deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi o'z fuqarolik javobgarligini bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida sug'urtalashi; bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organiga bojxona maqsadlari uchun zarur bo'lgan hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etishi; qonunchilikning tovarlarga doir talablariga, taqiqlariga, cheklovlariga rioya etgan holda tovarlarni deklaratsiyalashni amalga oshirishi va bojxona organiga bojxona deklaratsiyasini berishi; tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilangan deklarantning majburiyatlarini bajarishi; bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organlariga ko'maklashishi; tovarlarni jo'natuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Bojxona brokerining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatlarning bajarilganlik fakti bojxona brokerining zimmasiga bojxona rejimining amal qilishini tugallash bilan bog'liq operatsiyalarni bajarish majburiyatlarini yuklamaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.