Customs Code

262-modda. Dastlabki deklaratsiyalash

(262-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash ularni bojxona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash bo'lib, u deklarantning xohishiga ko'ra qo'llanilishi mumkin. Agar bojxona maqsadlari uchun tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanish nazarda tutilsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasiga ushbu hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxalari ilova qilinadi va, zarur bo'lgan hollarda, tovarlar bojxona hududiga yetib kelganidan keyin bojxona organi hujjatlarning ko'chirma nusxalarida ko'rsatilgan ma'lumotlarni hujjatlarning asl nusxasidagi ma'lumotlar bilan taqqoslaydi. Tovarlar bojxona hududiga kelguniga qadar ma'lumotlarni taqqoslash tugallanganidan va tegishli bojxona to'lovlari to'langanidan yoki ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona to'lovlarini to'lash ta'minoti taqdim etilganidan keyin dastlabki bojxona deklaratsiyasidan tovarlarga bojxona operatsiyalari qo'llanilishi uchun zarur yagona hujjat sifatida foydalaniladi, bundan deklaratsiyada barcha zarur ma'lumotlarning ko'rsatilmaganligi va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarning to'liq hajmda taqdim etilmaganligi hollari mustasno. Agar dastlabki bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e'tiboran o'ttiz kalendar kun ichida unda ko'rsatilgan tovarlar bojxona organiga taqdim etilmagan bo'lsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.