Customs Code

26-modda. Bojxona rejimini tanlash va o'zgartirish

Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib o'tilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi. Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga mo'ljallanganligidan qat'i nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga o'zgartirishga haqli. Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan ma'lum qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.