Customs Code

25-modda. Bojxona rejimlarining turlari

Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o'tish maqsadlariga bog'liq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi: 1) eksport; 2) reeksport; 3) vaqtincha olib chiqish; 4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash; 5) erkin muomalaga chiqarish (import); 6) reimport; 7) vaqtincha olib kirish; 8) bojxona hududida qayta ishlash; 9) vaqtincha saqlash; 10) bojxona ombori; 11) erkin ombor; 12) erkin bojxona zonasi; 13) boj olinmaydigan savdo; 14) bojxona tranziti; 15) yo'q qilish; 16) davlat foydasiga voz kechish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.