Customs Code

243-modda. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoringni amalga oshirish

(243-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi O'zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari o'rtasida tuzilgan, tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o'tish bilan bog'liq bo'lgan va qonunchilikka muvofiq O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida yoki chet el valyutasida o'zaro hisob-kitoblar qilishni nazarda tutuvchi kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini kuzatib borish va tahlil qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini monitoring qilish jarayonida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida mavjud bo'lgan axborot bojxona yuk deklaratsiyasi bilan solishtiriladi, tovarlarning amaldagi miqdori va sifati bo'yicha tavsiflarining hamda assortimentining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida ko'rsatilgan ma'lumotlarga muvofiqligi nazorat qilinadi, shuningdek kontraktlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi tekshiriladi hamda mazkur kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) yuzasidan muddati o'tkazib yuborilgan debitorlik qarzlar bor-yo'qligi aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.