Customs Code

241-modda. O'zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda tekshiruvni amalga oshirish

(241-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda jismoniy shaxsni tekshirish valyutani tartibga solish to'g'risidagi qonunchilik buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo'yish maqsadida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda quyidagilar tekshiriladi: olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning cheklangan normalariga rioya etilishi; olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning belgilangan cheklangan normalaridan ortiq bo'lgan O'zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yoki vakolatli banklarning ruxsatnomasi mavjudligi; jismoniy shaxsda mavjud bo'lgan summaning bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlarga muvofiqligi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.