Customs Code

21-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi

(21-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilishi kerak. Bojxona nazorati O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta'minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo'llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir. Bojxona chegarasidan olib o'tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta'minlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o'tkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi hisoblanadi. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.