Customs Code

172-modda. Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tilayotganda bojxona to'lovlarini to'lash

Bir kalendar oy mobaynida quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojxona chegarasidan olib o'tiladigan tovarlarning bojxona to'lovlari tovarlar yetkazib berilgan oyning oxirgi kunida amalda bo'lgan bojxona to'lovlari stavkalari bo'yicha, bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan kundan kechiktirmay to'lanadi. Bunda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojxona chegarasidan bir kalendar oy mobaynida olib o'tiladigan tovarlarning qiymati bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish uchun tovarlar yetkazib berilgan oyning oxirgi kunidagi valyutaning O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy ayirboshlash kursi bo'yicha aniqlanadi. Bojxona chegarasidan quvur transportida olib o'tiladigan tovarlarning bojxona to'lovlari bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda to'lanadi. Quvur transportida olib o'tiladigan tovarlarga muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan taqdirda, bojxona to'lovlari muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda to'lanadi. Agar to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlarining summasi ma'lumotlarni aniqlashtirish natijasida oshsa, summaning oshgan qismi yuzasidan qo'shimcha to'lov bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. Bunday hollarda penya hisoblanmaydi. Bojxona to'lovlarining ortiqcha to'langan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.