Customs Code

159-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan transport vositasini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish shartlari

(159-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirilgan transport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami to'qson kalendar kundan oshmasligi lozim. Bunda transport vositasini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lagan holda yuqorida ko'rsatilgan muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yo'l qo'yiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan e'tiboran boshlanadi. Yig'im undirilguniga qadar transport vositasi bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatib o'tilgan yig'im quyidagi hollarda to'lanmaydi: bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun; agar vaqtincha olib kirilgan transport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.