Customs Code

152-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va ehtiyot qismlarini vaqtincha olib kirish

Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib kiriladigan va ular bilan qaytarib olib chiqish uchun mo'ljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, ulardan transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qat'i nazar, vaqtincha olib kirilgan taqdirda bojxona to'lovlari to'lashdan shartli ravishda ozod etilishi lozim. Bojxona hududiga vaqtincha olib kirilgan, transport vositasiga o'rnatilgan yoki unda foydalanilayotgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida ta'mirlashda yoki texnik xizmat ko'rsatishda foydalanish uchun mo'ljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar bojxona to'lovlarini to'lashdan shartli ravishda ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilishi mumkin. Almashtirilgan va bojxona hududidan olib chiqilmagan uskunalar va ehtiyot qismlar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga yoki ushbu Kodeks qoidalariga rioya etgan holda boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.