Customs Code

137-modda. Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish muddati

(137-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yoki bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish muddati o'n ish kunidan oshmasligi kerak. Tegishli ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab hisoblanadi. Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga tegishli ruxsatnomani berishi (jo'natishi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi haqida uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart. Ruxsatnoma vakolatli shaxsga O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilangan shaklda beriladi. Agar bojxona organi tegishli ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish muddati ichida vakolatli shaxsga ruxsatnoma bermagan bo'lsa yoki berishni rad etmagan bo'lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin vakolatli shaxs bojxona organini yozma ravishda xabardor qilgan holda tovarlarni bojxona organining ruxsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish huquqiga ega. Ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organi vakolatli shaxsning yozma xabarini olganidan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsatnoma berishi shart. Qabul qilib olingan sanasi ko'rsatilgan ariza va vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga yuborilgan yozma xabar ruxsatnoma olinguniga qadar ruxsatnomaga tenglashtiriladi hamda tovarlarni bojxona organining ruxsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.