6. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi xizmatlar uchun
a) yangi tug'ilgan bolaga, O'zbekiston Respublikasi fuqarosiga, O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosiga va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun
BHMning 89 foizi
b) O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun
BHMning 1 baravari
v) O'zbekiston Respublikasining o'n olti yoshga to'lmagan fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun
BHMning 80 foizi
g) O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxsga, shu jumladan o'n olti yoshga to'lmagan shaxsga xorijga chiqish uchun harakatlanish hujjatini berganlik uchun
BHMning 1 baravari
d) O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasiga taklif qilish to'g'risidagi hujjatlarni, shu jumladan yo'qotib qo'yilganlarining o'rniga yangilarini berganlik uchun
BHMning 5 foizi
ye) O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to'g'risidagi iltimosnomalarni yoki O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish haqidagi arizalarni ko'rib chiqqanlik uchun
BHMning 2 baravari
Izoh. Agar shaxsning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to'g'risidagi iltimosnomasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining qarori qabul qilinmasdan qaytarilgan bo'lsa, mazkur shaxsning O'zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish haqidagi arizasi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish uchun ilgari to'langan davlat boji asosida ko'rib chiqiladi.
j) O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazganlik uchun
BHMning 2 foizi
z) O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazganlik uchun
BHMning 2 foizi
i) O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to'g'risidagi ma'lumotnomani rasmiylashtirganlik uchun
BHMning 20 foizi
lex.uz’dagi asl matnState duty rates (annex to the Law on State Duty)
6-band. 6. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi xizmatlar uchun
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.