State duty rates (annex to the Law on State Duty)

4.3-band. 4. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun: (3-qism)

4. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun: har bir bet uchun BHMning 1 foizi f) ijro xatlarini yozib berganlik uchun undiriladigan summaning 1 foizi, biroq BHMning 10 baravaridan ortiq bo'lmagan miqdorida Izoh . Lizing ob'yektining lizing beruvchi talabi bo'yicha ijro xatlarini yozib berishda davlat boji lizing shartnomasida belgilangan to'lanmagan to'lovlar summasidan lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati o'tguniga qadar qolgan davr uchun daromadi chegirib tashlangan holda undiriladi. Qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summalarini undirish to'g'risidagi ijro varaqalarini berganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. x) hujjatlar ko'chirma nusxalarining va ulardan ko'chirmalarning to'g'riligini shahodatlash uchun jismoniy shaxslar uchun har bir bet uchun BHMning 1 foizi yuridik shaxslar uchun har bir bet uchun BHMning 2 foizi shu ishlarni xorijda bajarganlik uchun har bir bet uchun BHMning 5 foizi ts) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, shu jumladan tarjimon imzosining haqiqiyligini shahodatlash uchun jismoniy shaxslar uchun BHMning 5 foizi yuridik shaxslar uchun BHMning 20 foizi ch) notarial idoralarda mavjud bo'lgan notarial harakatlarni ro'yxatga olish reyestridan ko'chirmalarni, hujjatlarning ko'chirma nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun BHMning 5 foizi sh) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilganligi hamda boshqa notarial harakatlar bajarilganligi uchun, bundan «a» — «ch» kichik bandlarda nazarda tutilganlar mustasno BHMning 10 foizi sh 1 ) boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun, bundan mazkur moddaning «a» — «ch» kichik bandlarda nazarda tutilganlar mustasno jismoniy shaxslar uchun BHMning 50 foizi yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo'lsa BHMning 1 baravari Izoh . Notarial idora binosidan tashqarida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, bundan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari chog'ida amalga oshiriladigan notarial harakatlar, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda tasdiqlash mustasno. Nikoh shartnomasini va aliment to'lash haqidagi bitimni notarial tartibda tasdiqlash, ularga o'zgartishlar kiritish yoki ularni bekor qilish, shuningdek mol-mulkni o'zga shaxsga o'tkazishni taqiqlash va taqiqlashni bekor qilish chog'ida davlat boji undirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.