19. Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga kirish, chiqish yoki kirish-chiqish vizalarini berganlik hamda ularning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun to'lanadigan davlat boji:
a) quyidagi muddatlarga chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga kirish, chiqish yoki kirish-chiqish vizalarini berganlik hamda ularning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun
yetti kungacha
BHMning 2 baravari
o'n besh kungacha
BHMning 2 baravari
o'ttiz kungacha
BHMning 2 baravari
uch oygacha
BHMning 3 baravari
olti oygacha
BHMning 5 baravari
bir yilgacha
BHMning 6 baravari
Turkmaniston Respublikasi fuqarolari uchun bir yilgacha
BHMning 20 baravari
Qirg'iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi fuqarolari uchun bir yilgacha
BHMning 1 baravari
vizalar asosida yashaydigan Amerika Qo'shma Shtatlari fuqarolari uchun, shuningdek 16 yoshga to'lmagan Amerika Qo'shma Shtatlari fuqarolari uchun bir yilgacha
BHMning 6 baravari
Izoh . Viza bir necha marta rasmiylashtirilganligi uchun boj stavkasi BHMning 40 foiziga ko'payadi.
b) quyidagi muddatlarga chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ko'p marotabali kirish-chiqish vizalarini rasmiylashtirganlik uchun
olti oygacha
BHMning 6 baravari
bir yilgacha
BHMning 10 baravari
ikki yilgacha
BHMning 12 baravari
uch yilgacha
BHMning 14 baravari
v) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni kirish vizasining amal qilish muddatida turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazganlik hamda vizaning amal qilish muddati uzaytirilgan davrda turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazishni uzaytirganlik uchun
bir oygacha
bepul
ikki oygacha
BHMning 2 baravari
uch oygacha
BHMning 2 baravari
olti oygacha
BHMning 4 baravari
bir yilgacha
BHMning 8 baravari
ikki yilgacha
BHMning 10 baravari
uch yilgacha
BHMning 12 baravari
g) quyidagi muddatlarga MDHga a'zo davlatlar fuqarolarini, shuningdek fuqarolik haqida belgilari bo'lmagan sobiq SSSR pasportlari bilan MDHga a'zo davlatlardan kelgan shaxslarni turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazganlik uchun
bir oygacha
bepul
bir oydan olti oygacha
BHMning 20 foizi
olti oydan ortiq
BHMning 40 foizi
d) chet el fuqarosining, shu jumladan MDHga a'zo davlat fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning O'zbekiston Respublikasida doimiy yashashga oid hujjatlarini ko'rib chiqqanlik va ruxsatnomasini rasmiylashtirganlik uchun
BHMning 2 baravari
ye) chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsga pasportning yoki uning o'rnini bosuvchi hujjatning yo'qolganligi haqidagi ma'lumotnomalarni berganlik uchun
BHMning 40 foizi
lex.uz’dagi asl matnState duty rates (annex to the Law on State Duty)
19-band. 19. Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga kirish, chiqish yoki kirish-chiqish vizalarini berganlik hamda ularning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun to'lanadigan davlat boji:
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.