Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to'lovdir.
Davlat boji turlari jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun to'lanadigan konsullik yig'imi;
ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga, selektsiya yutuqlariga, tovar belgilariga, xizmat ko'rsatish belgilariga, geografik ko'rsatkichlarga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza berish bilan bog'liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun to'lanadigan patent boji.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat boji to'g'risida»gi qonun
3-modda. Davlat boji turlari
(3-модда иккинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 3 мартдаги ЎРҚ-757-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.03.2022 й., 03/22/757/0181-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.