«Davlat boji to'g'risida»gi qonun

23-modda. Intellektual mulk ob'yektlarini huquqiy muhofaza qilish chog'ida davlat bojini undirishning o'ziga xos xususiyatlari

(23-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 8 августдаги ЎРҚ-1080-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2025 й., 03/25/1080/0710-сон)

Davlat bojini to'lovchi tomonidan davlat boji (patent boji) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, selektsiya yutuqlari huquqiy muhofaza qilinguniga qadar, tovar belgilarini, xizmat ko'rsatish belgilarini, geografik ko'rsatkichlarni, tovar kelib chiqqan joy nomlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni yoki ma'lumotlar bazalarini hamda ularga doir huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi shartnoma yoki ulardan foydalanish huquqini berish bo'yicha litsenziya shartnomasi ro'yxatdan o'tkazilguniga qadar to'lanadi. Davlat boji (patent boji) davlat bojini to'lovchi tomonidan to'langanligi fakti elektron tizimlar orqali tasdiqlanadi. Agar davlat ekspertizasi o'tkazilganligi uchun davlat boji (patent boji) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlari guruhiga talabnoma berilganligi va ekspertiza o'tkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda to'langan bo'lsa, davlat ekspertizasi davlat bojini to'lovchi tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud bo'lmaganda ixtiroda, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida ko'rsatilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan o'tkaziladi. Agar talabnoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisi davlat ekspertizasidan o'tkazilganligi uchun davlat boji (patent boji) talabnoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisi davlat ekspertizasidan o'tkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda bo'lsa, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining davlat bojini to'lovchi tomonidan tanlangan sinflariga nisbatan o'tkaziladi. Davlat bojini to'lovchi vakolatli organning davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi qo'shimcha ravishda to'lanishi to'g'risidagi bildirishnomasi olingan sanadan e'tiboran uch oy ichida zarur summani qo'shimcha ravishda to'lash huquqiga ega. Davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi vakolatli organning davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi qo'shimcha ravishda to'lanishi to'g'risidagi bildirishnomasi olingan sanadan e'tiboran uch oy ichida to'lanmagan taqdirda, ixtirolarni, foydali modellarni, sanoat namunalarini, selektsiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilarini, xizmat ko'rsatish belgilarini, geografik ko'rsatkichlarni, tovar kelib chiqqan joy nomlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni va ma'lumotlar bazalarini hamda ularga doir huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi shartnomani yoki ulardan foydalanish huquqini berish bo'yicha litsenziya shartnomasini ro'yxatdan o'tkazish amalga oshirilmaydi. Bunda davlat bojining (patent bojining) ilgari to'langan, to'liq bo'lmagan miqdori qaytarilmaydi. Ushbu Qonun ilovasi 10-bandining «a» — «g» kichik bandlarida nazarda tutilgan ixtirolar va foydali modellarni muhofaza qilish bilan bog'liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishda quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi: II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga 90 foiz miqdorida; ta'lim oluvchi shaxslarga, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarga 30 foiz miqdorida; yuridik shaxs bo'lgan kichik tadbirkorlik sub'yektlariga, davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta'lim tashkilotlariga va ilmiy tashkilotlarga 25 foiz miqdorida.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.