Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun davlat boji dalolatnomalarni ro'yxatda qayd etish chog'ida, takroriy guvohnomalar berganlik uchun esa ular berilayotganda to'lanadi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini, O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini, fuqaroligi bo'lmagan shaxsning harakatlanish hujjatini berganlik uchun, shuningdek chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga identifikatsiyalovchi ID-karta berganlik uchun, yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazganlik uchun davlat boji tegishli hujjatlar olinguniga qadar, fuqarolik masalalariga doir arizalardan esa bunday arizalar berilguniga qadar to'lanadi.
Xorijdan kirish va xorijga chiqish huquqiga doir hujjatlarni, chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun, O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to'g'risidagi iltimosnomalardan yoki O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risidagi arizalardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlardan davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan to'lanadi.
Xorijga xizmat safariga yuborilgan xodimlar bilan birgalikda ularning xotini va bolalari xizmat safarining butun muddatiga safarga borganida davlat boji xizmat safariga yuborilganlarning o'zidan undirilganligi kabi tartibda va miqdorlarda undiriladi. Oila a'zolari xorijga xizmat safariga yuborilgan shaxsning oldiga mehmon bo'lib oddiy safarga borganida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
Chet ellik fuqarolarga O'zbekiston Respublikasidan chiqishga vizalar berganlik uchun davlat boji, har bir shaxsga alohida viza yoki bir nechta shaxsga umumiy viza berilayotganligidan qat'i nazar, o'n olti yoshga to'lgan har bir shaxsdan undiriladi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun davlat boji hujjat berilayotganda to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat boji to'g'risida»gi qonun
22-modda. Davlat bojini boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan undirishning o'ziga xos xususiyatlari
(22-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1074-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1074/0596-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 12 октябрь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.