«Davlat boji to'g'risida»gi qonun

15-modda. Ayrim toifadagi shaxslarni davlat bojini to'lashdan ozod qilish

(15-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 6 мартдаги ЎРҚ-1120-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.03.2026 й., 03/26/1120/0215-сон)

Yashash joyi va turgan joy bo'yicha ro'yxatdan o'tkazganlik uchun davlat bojini to'lashdan quyidagilar ozod qilinadi: keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar; maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining to'liq davlat ta'minotida bo'lgan va yotoqxonalarda yashovchi o'quvchilari; Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi nodavlat ta'lim tashkilotlarining o'quv jarayoniga jalb etiladigan chet el mutaxassislari (o'qituvchilari) 2022 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 1 oktyabrga qadar bo'lgan davrda. «Vatandosh» kartasining amal qilish davrida «Vatandosh» kartasining egasi, oila a'zolari (ota-onasi, eri (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazilganlik uchun, shuningdek turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazilganlik muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji to'lashdan ozod qilinadi. Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi uy-joy fondiga ega bo'lgan muassasalarga vaqtincha turgan joyi bo'yicha olti oy muddatgacha ro'yxatga qo'yilayotganda ulardan davlat boji undirilmaydi. Ma'muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo'ysunuvi o'zgarganligi natijasida tadbirkorlik sub'yektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o'zgarganda ularni qayta davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi. Dehqon xo'jaliklarini, O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida bo'linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini, shuningdek kamida olti oy davomida o'zini o'zi band qilgan shaxslarni yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi. Ushbu Qonunga doir ilova 10 va 11-bandlarining «a» — «g» kichik bandlarida, 12, 13 va 15-bandlarining «a» va «b» kichik bandlarida nazarda tutilgan davlat bojini (patent bojini) to'lashdan 1941 — 1945 yillardagi urush ishtirokchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek o'z nomiga muhofaza hujjati talab etiladigan ixtirolarning, foydali modellarning, sanoat namunalarining, selektsiya yutuqlarining, integral mikrosxemalar topologiyalarining, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarning va ma'lumotlar bazalarining yagona mualliflari bo'lgan, I guruh nogironi bo'lgan shaxslar. Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji to'lashdan quyidagilar ozod etiladi: 1) I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar; 2) IV reyting guruhiga kiritilgan, ta'lim muassasalarida o'qiydigan va kontsert-tomosha faoliyatida ishtirok etish huquqini birinchi marta olayotgan ijrochilar mazkur ta'lim muassasasida o'qish muddati davomida, lekin kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini olgan sanadan bir yildan ortiq bo'lmagan muddatda davlat bojini to'lamaydi (tegishli tasdiqlovchi hujjat mavjud bo'lganda). Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojini to'lovchi pensionerlar kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun belgilangan miqdorning 50 foizi miqdorida davlat boji to'laydi. Davlat notarial idorasining xususiy amaliyot bilan shug'ullanish istagini bildirgan notariusi xususiy notarial faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga doir litsenziya berilganligi uchun davlat boji to'lashdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.