«Bank siri to'g'risida»gi qonun

8-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni taqdim etish

(8-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон)

Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar mijozning (vakilning) o'ziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etiladi. Bank sirini tashkil etuvchi, pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq operatsiyalar to'g'risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq bo'lgan axborot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni, agar bu ma'lumotlar uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo'lsa, olishga haqlidir. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risidagi bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni, agar bu ma'lumotlar mazkur tashkilotlar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish sohasida o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo'lsa, olishga haqlidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari ariza beruvchiga va u bilan birga yashovchi oila a'zolariga (o'z oilasiga ega bo'lmaganda ota-onasiga, shuningdek o'z oilasiga ega bo'lganda eriga, xotiniga hamda o'z oilasiga ega bo'lmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlariga) doir bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni, agar bu ma'lumotlar o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lsa, ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish to'g'risidagi arizaga asosan olishga hamda ularga ishlov berishga haqlidir. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki o'z mijozlari haqidagi bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi. Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish bank sirining buzilishi deb hisoblanmaydi;
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.