«Bank siri to'g'risida»gi qonun

6-modda. Bank sirining oshkor qilinishini taqiqlash

(6-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o'ziga ishonib topshirilgan yoki ma'lum bo'lib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bu ma'lumotlarning oshkor qilinishi yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlari yo'lida foydalanilishi taqiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi munosabati bilan o'ziga ma'lum bo'lib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni oshkor etishga yoki taqdim etishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.