Banklar o'z faoliyatining xavfsizligini ta'minlash, omonatlarni, kreditlar va boshqa investitsiyalarning qaytarilishini kafolatlash maqsadida o'z mijozlari (vakillari) to'g'risidagi ma'lumotlarni qonunda belgilangan tartibda va doirada o'zaro almashib turishlari va bir-birlariga taqdim etishlari mumkin.
Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar Omonatlarni kafolatlash agentligiga, shuningdek kafolatlangan omonatlar bo'yicha kompensatsiya to'lash uchun agent-banklarga taqdim etiladi.
Boshqa bankning mijozi (vakili) to'g'risidagi ma'lumotlarni olgan bank bunday ma'lumotlarni oshkor qilishga va uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn«Bank siri to'g'risida»gi qonun
14-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarning banklar o'rtasida muomalada bo'lishi
(14-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 18 февралдаги ЎРҚ-1031-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.02.2025 й., 03/25/1031/0160-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.