Jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar vasiyatnomada ko'rsatilgan shaxslarga, merosxo'rlarga va vasiyatnomani ijro etuvchiga ushbu Qonunda belgilangan tartibda, xizmat ko'rsatuvchi bank tomonidan taqdim etiladi.
Notarial va konsullik muassasalari ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hollarda, agar bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnomani berish chog'ida meros mol-mulkning tarkibi va joylashgan yerini tekshirish uchun zarur bo'lsa, ushbu ma'lumotlarni olish huquqiga ega.
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlari uning huquqiy vorislariga huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjatlarga asosan taqdim etiladi.
Agar ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan sub'yektlarning bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni taqdim etish to'g'risidagi murojaatlari qonunchilikka muvofiq taqdim etilmasa, bank kamchiliklarni va murojaatni ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxatini ko'rsatgan holda ariza beruvchini bu haqda besh ish kuni ichida xabardor qiladi.
Yuqorida ko'rsatilgan shaxslar tomonidan hujjatlar qonunchilikka muvofiq taqdim etilganda bank murojaat etuvchiga tegishli mijoz to'g'risidagi to'liq axborotni va barcha hujjatlarni yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida besh ish kuni ichida taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Bank siri to'g'risida»gi qonun
13-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni vasiyatnomada ko'rsatilgan shaxslarga, merosxo'rlarga, vasiyatnomani ijro etuvchiga, huquqiy vorislarga, notarial va konsullik muassasalariga taqdim etish
(13-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 июндаги ЎРҚ-1070-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.06.2025 й., 03/25/1070/0536-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 25 сентябрь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.