Law on Banks and Banking

75⁵-modda. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o'zgartirish

(75⁵-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o'zgartirishga omonatlar (depozitlar) to'liq qaytarilgandan va (yoki) omonatlarga (depozitlarga) kiritilgan pul mablag'larini qaytarish bo'yicha majburiyatlar boshqa bankka o'tkazilganidan keyin yo'l qo'yiladi. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o'zgartirish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran o'n ish kuni ichida Markaziy bankka «Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o'zgartirish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risidagi qonunchilikda nobank kredit tashkilotlarini hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Markaziy bank tomonidan mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o'zgartirishga rozilik berish to'g'risidagi qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank litsenziyani chaqirib oladi. Mikromoliya banki mikromoliya bankining faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki islomiy mikromoliya bankining faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o'zgartirishga rozilik berish to'g'risidagi Markaziy bankning qarori asosida ro'yxatdan o'tish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi. Davlat xizmatlari markazi mikromoliya tashkiloti qayta ro'yxatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran ikki ish kuni ichida Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga mikromoliya tashkiloti qayta ro'yxatdan o'tkazilganligi bilan bog'liq o'zgartirishlarni kiritadi. Markaziy bank Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga o'zgartirishlar kiritilgan kundan e'tiboran ikki ish kuni ichida mikromoliya banki to'g'risidagi yozuvni Banklarning davlat reyestridan chiqaradi va mikromoliya tashkilotini hisob ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiradi. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini o'zgartirish orqali tashkil etilgan mikromoliya tashkiloti hisob ro'yxatidan o'tkazilgan kundan e'tiboran ikki yil ichida o'z faoliyatini mikromoliya tashkilotlari faoliyati uchun belgilangan talablarga muvofiqlashtirishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.