Law on Banks and Banking

75¹-modda. Kredit tashkilotlari faoliyatini o'zgartirishning o'ziga xos xususiyatlari

(75¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан олтинчи — ўнинчи хатбошилар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Quyidagi kredit tashkilotlari o'z faoliyatini o'zgartirishi mumkin: mikromoliya tashkiloti — mikromoliya banki faoliyatiga; mikromoliya banki — bank faoliyatiga; bank — mikromoliya banki faoliyatiga; mikromoliya banki — mikromoliya tashkiloti faoliyatiga; mikromoliya tashkiloti — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga; faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga; faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga; faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki — mikromoliya tashkiloti faoliyatiga; bank — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kredit tashkilotlari faoliyatini o'zgartirishning o'ziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.