Law on Banks and Banking

71-modda. Banklarning hisobotlari

(71-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Banklar Markaziy bankka moliyaviy va nazorat hisobotlarini taqdim etadi. Bank o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan belgilangan shakllarda, tartibda va muddatlarda tuzadi hamda Markaziy bankka taqdim etadi. Banklar Markaziy bankning talabiga ko'ra konsolidatsiyalashgan, davriy, shuningdek bir martalik hisobotlarni taqdim etadi. Bank Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlarning va boshqa ma'lumotlarning yaxlitligi hamda ishonchliligi uchun javobgardir. Banklar qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi hisobotlarni ham taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.