Kreditlar, depozitlar bo'yicha foiz stavkalari, bankning moliyaviy operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori, shuningdek islomiy moliya operatsiyalari bo'yicha ustama va (yoki) foydadan olinadigan ulush miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini, islomiy moliya operatsiyalari bo'yicha ustama va (yoki) foydadan olinadigan ulush miqdorini hamda ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o'zgartirish huquqiga ega emas.
lex.uz’dagi asl matn62-modda. Kreditlar, depozitlar bo'yicha foiz stavkalari, bankning moliyaviy operatsiyalariga oid vositachilik haqi va boshqa daromadlar miqdori
(62-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.