Law on Banks and Banking

52-modda. Vaqtinchalik boshqaruvchi

Agar kuzatuv kengashining yoki boshqaruvning bitta yoki bir necha a'zosini almashtirish bo'yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan nazorat choralari yetarli emas deb hisoblansa, Markaziy bank: kuzatuv kengashi va boshqaruv a'zolari bilan vaqtinchalik ishlashga; kuzatuv kengashi va boshqaruv a'zolarini vaqtinchalik almashtirishga; bankka bitta yoki bir necha vaqtinchalik boshqaruvchini tayinlashga haqli. Vaqtinchalik boshqaruvchi ushbu Qonun 36-moddasining talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Bank aktsiyadori, qarz oluvchisi, kreditori yoki bankka aloqador shaxs bankning vaqtinchalik boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas. Markaziy bank vaqtinchalik boshqaruvchini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, uning vakolatlarini bank ustaviga va ushbu Qonunga muvofiq belgilash bo'yicha mutlaq huquqqa ega. Markaziy bank tomonidan belgilangan hollarda vaqtinchalik boshqaruvchining harakatlari Markaziy bank bilan oldindan kelishilishi kerak. Oldindan kelishmay turib amalga oshirilgan harakatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Vaqtinchalik boshqaruvchi Markaziy bankka bankning moliyaviy ahvoli va o'z vakolatlari doirasida ko'rilgan choralar to'g'risidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan belgilangan muddatlarda, shuningdek amalga oshirilgan ishlar haqidagi yakuniy hisobotni taqdim etadi. Markaziy bank vaqtinchalik boshqaruvchining zimmasiga ushbu Qonunga muvofiq choralar ko'rish, shu jumladan bank aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish va kapitalni ko'paytirish to'g'risida talab qo'yish majburiyatini yuklatishga haqli. Vaqtinchalik boshqaruvchi o'n ikki oygacha bo'lgan muddatga tayinlanadi. Bu muddat alohida hollarda Markaziy bank tomonidan uzaytirilishi mumkin. Bankda vaqtinchalik boshqaruvni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.