O'zbekiston Respublikasida bank faoliyatini amalga oshirishga ushbu Qonunda belgilangan tartibda tashkil etilgan va Markaziy bank tomonidan beriladigan tegishli litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar haqlidir.
O'zbekiston Respublikasida bank faoliyati bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi. Mazkur litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi va litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o'tkazish taqiqlanadi.
Ushbu Qonun 5-moddasi:
birinchi qismining ikkinchi — yigirma ikkinchi xatboshilarida ko'rsatilgan moliyaviy operatsiyalar majmuini faqat bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan bank;
birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi, oltinchi — o'n uchinchi, o'n beshinchi — yigirma uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan moliyaviy operatsiyalar majmuini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan bank;
birinchi qismida ko'rsatilgan moliyaviy operatsiyalar majmuini bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaga (litsenziyalarga) ega bo'lgan bank amalga oshirishga haqli.
Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyasiz (litsenziyalarsiz) amalga oshiriladigan bank faoliyati g'ayriqonuniy deb hisoblanadi va javobgarlikka sabab bo'ladi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga olib qo'yiladi.
Amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq alohida litsenziyalar yoki ruxsatnomalar olinishi talab etiladigan faoliyat banklar tomonidan tegishli hujjatlar olinganidan keyin amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn5²-modda. Bank faoliyatini amalga oshirish
(5¹ ва 5²-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.