Law on Banks and Banking

5-modda. Banklarning moliyaviy operatsiyalari

(5-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: pul mablag'larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish; to'lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish; kreditlarni ularning qaytarilishi, to'lovliligi va muddatliligi sharti bilan o'z nomidan o'zining mablag'lari hamda jalb etilgan mablag'lar hisobidan berish; chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar; jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo'yicha pul mablag'larini va boshqa mol-mulkni ishonchli boshqarish; inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko'rsatish; uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish; pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasiga asosan talab qilish huquqini olish yoki boshqa shaxsga berish; qimmatli qog'ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog'ozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni mas'ul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo'lmagan) hisobvaraqlarini yuritish; qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish; hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish; hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish; lizing berish; qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish; moliyaviy operatsiyalar bilan bog'liq maslahat xizmatlari ko'rsatish; aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish; elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to'lash; bank kartalarini berish va to'lovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko'rsatish; ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha xizmatlarni ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan elektron axborot almashish orqali ko'rsatish; islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish. Banklar banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.