Law on Banks and Banking

41-modda. Bank xizmatlari va operatsiyalarining autsorsingi

Xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini bank tomonidan shartnoma asosida va uzluksiz asosda amalga oshirish uchun uchinchi tarafga topshirish bank xizmatlari va operatsiyalarining autsorsingidir (bundan buyon matnda autsorsing deb yuritiladi). Bank Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq autsorsingga topshirish huquqiga ega. Litsenziya asosida amalga oshiriladigan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini faqat tegishli litsenziya egasiga autsorsingga topshirishga yo'l qo'yiladi. Bank xizmatlari va operatsiyalarining ayrim turlari o'ziga autsorsingga topshirilgan shaxsning mazkur xizmatlar hamda operatsiyalarni keyinchalik boshqa shaxsga autsorsingga topshirishi taqiqlanadi. Mazkur cheklov bank tomonidan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini autsorsingga topshirish to'g'risidagi shartnomada aks ettirilishi kerak. Bank autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari bilan bog'liq tavakkalchiliklarning boshqarilishi uchun javobgar bo'ladi. Xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini autsorsingga topshirishda bank Markaziy bankning talablariga, shu jumladan ichki siyosatlar va hisobotdorlik mavjudligi bo'yicha, shuningdek Markaziy bankka autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari yuzasidan axborot taqdim etish bo'yicha talablariga javob berishi kerak. Banklar autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari tashqi auditdan o'tkazilishini har yili yoki Markaziy bankning talabiga binoan ta'minlashi shart. Markaziy bank quyidagi hollarda autsorsing shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqli: bank tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning lozim darajadagi hamda muntazam ravishdagi nazorati, tekshiruvi va tavakkalchilik boshqaruvi amalga oshirilmaganda; autsorsing uchun jalb etilgan shaxs faoliyatida bankning o'z majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga tahdid soluvchi kamchiliklar mavjud bo'lganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.