«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

6-modda. Mehnat qilish huquqiga davlat kafolatlari

1. Davlat aholining ish bilan to'la va samarali ta'minlanishiga ko'maklashishga, mehnat qilish huquqini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga mas'ul bo'lib: mashg'ulot va ish turini erkin tanlashni; ishga qabul qilishdan asossiz bosh tortish va ishdan asossiz bo'shatishdan muhofaza qilishni; kasb o'rganish hamda ishli bo'lishda, mashg'ulot va mehnat sharoitlarida, ish haqi va daromadlar olishda, xizmatda yuqoriga ko'tarilishda barcha mehnatkashlar uchun teng imkoniyatlar ta'minlashni; korxonalar, muassasalar, tashkilotlar buyurtmalariga binoan tayyorlangan — davlat o'quv yurtlarini bitirgan yosh mutaxassislarga kamida3 yilga egallagan kasbiga (mutaxassisligiga) yarasha ish berilishini; qonunlar bilan belgilangan tartibda bepul umumiy ta'lim va kasb tayyorgarligini hamda qayta tayyorlashni; ta'lim sistemasi va ish bilan ta'minlash davlat xizmatlarining ixtisoslashtirilgan markazlarida yoki boshqa o'quv yurtlarida stipendiya to'lagan holda yangi kasb-korga bepul o'rgatishni, malaka oshirishni; boshqa joyga ishga yuborish munosabati bilan moddiy xarajatlarni qoplashni; odamlarning yoshi va o'zga xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish uchun muddatli mehnat shartnomalarini tuzish imkoniyatini kafolatlaydi. 2. Davlat idoralari ishchi kuchiga talab va taklif, ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, kasbga yo'naltirish va ijtimoiy mehnat qobiliyatini tiklash imkoniyatlari to'g'risida statistika ma'lumotlari va axborotlar e'lon qilinishini ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.