«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

26-modda. Moddiy madad kafolatlari

O'zbekiston Respublikasi ishdan mahrum bo'lgan, birinchi bor ish qidirayotgan, shuningdek uzoq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan fuqarolarga: korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan bo'shatilgan xodimlarga imtiyozlar berilishidan; kasb-kor o'rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to'lanishidan hamda shu davr umumiy va uzluksiz mehnat stajiga qo'shilishidan; ishsizlik nafaqalari to'lanishidan; ishsizga qaramog'idagilarni hisobga olgan holda yordam berilishidan; haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatidan; aholini ish bilan ta'minlash davlat xizmatining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy tarzda o'zga yerga ko'chishi bilan bog'liq xarajatlarning qoplanishidan iborat ijtimoiy kafolatlarni ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.