«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

21-modda. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning ish bilan ta'minlashga doir davlat siyosatini ro'yobga chiqarishda ishtirok etishi

(21-модданинг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 854-ХII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 6-сон, 238-модда)

1. O'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar mulkchilik va xo'jalik yuritishning shakllaridan qat'i nazar, ish bilan ta'minlashga doir davlat siyosatini: O'zbekiston Respublikasining mehnat to'g'risidagi qonunlariga muvofiq mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi shartnomalar (bitimlar) shartlarini bajarish; ishchilarga kasb tayyorgarligi, qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish; aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashish davlat jamg'armasiga moliyaviy ajratmalar o'tkazish; xalq deputatlari mahalliy Sovetlari belgilagan miqdordagi shaxslarni ishga joylashtirish; bo'sh ish joylari (vakant lavozimlar) borligi to'g'risidagi ma'lumotlarni har oyda ishdan bo'shatish mumkinligi haqidagi axborotni ishdan bo'shatish asoslarini, ishdan bo'shatish daxl qilishi mumkin bo'lgan fuqarolar soni va toifasini va ishdan bo'shatish qaysi muddatda amalga oshirilishini ko'rsatib oldindan (kamida 3 oy oldin) taqdim etish yo'li bilan amalga oshirishga ko'maklashadilar Bo'sh ish joylari (vakant lavozimlar) haqidagi axborotni o'z vaqtida taqdim etmagan va bunday joylar (lavozimlar)ning mavjudligini yashirishda aybdor bo'lgan va ish bilan ta'minlashga ko'maklashish davlat jamg'armasiga pul ajratishdan bo'yin tovlayotgan mansabdor shaxslarga ish bilan ta'minlash davlat xizmati tomonidan ma'muriy tartibda uch oylik mansab maoshigacha bo'lgan miqdorda jarima solinadi. Mahalliy hokimiyat idoralari xodimlarni ommaviy bo'shatish to'g'risidagi qarorni olti oy muddatga to'xtatib qo'yishlari mumkin, bunda ular korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ana shu kechiktirish tufayli ko'rgan zararlarni qisman yoki batamom qoplaydilar. 2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan ish joylari barpo etishlari shart. Ushbu talab bajarilmagan taqdirda har bir barpo etilmagan ish joyi uchun ishga joylashtirish davlat xizmati tomonidan korxona, muassasa va tashkilotlardan ulardagi xodimning yillik o'rtacha ish haqi miqdorida jarima undiriladi. O'zlari avval buyurtma bergan oliy, o'rta maxsus o'quv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlarini bitirganlarni, shuningdek qayta tayyorgarlik qo'rish uchun yuborilganlarni ishga qabul qilishdan bosh tortganliklari uchun ham korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan xuddi shuncha miqdorda jarima undiriladi. Undirilgan mablag'lar ish bilan ta'minlashga ko'maklashish davlat jamg'armasini to'ldirishga o'tkaziladi. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining miqdorini xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ishlovchilar umumiy sonining kamida yetti foizi (shu jumladan nogironlar uchun kamida uch foizi) miqdorida belgilaydilar. Ish beruvchilarning aholining raqobatga qobiliyatsiz toifalari uchun belgilangan eng kam miqdordan ortiqcha ish joylarini tashkil etishga, shuningdek ana shunday shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashga qilgan sarf-xarajatlari xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining mablag'lari, shuningdek ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasi mablag'lari va boshqa mablag'lar hisobidan qoplanishi mumkin. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj kishilar uchun tashkil etilgan ish joylari xalq deputatlari mahalliy Sovetlari, kasaba uyushmalari va ish bilan ta'minlash davlat xizmatining idoralari bilan kelishgan holdagina qisqartiriladi yoki tugatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.