«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

19-modda. Ish bilan ta'minlash davlat xizmatlari

(19-модданинг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 854-ХII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 6-сон, 238-модда)

1. Aholini ish bilan ta'minlash siyosatini amalga oshirish va fuqarolarga tegishli kafolatlar ta'minlab berish uchun aholini ish bilan ta'minlash davlat xizmati tashkil etiladi. Aholini ish bilan ta'minlash davlat xizmatini tashkil etish va uning ish tartibi respublika qonunlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ish bilan ta'minlash davlat xizmatlariga pul ajratish aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. 2. Aholini ish bilan ta'minlash davlat xizmatlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va boshqa ish beruvchilarga ko'rsatadigan xizmatlar, shuningdek mehnat bozorining ahvoli to'g'risidagi axborotlar bilan ta'minlash bepul amalga oshiriladi. 3. O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tarkibida mehnat qilish va ish bilan ta'minlashga doir qonunlar mulkchilik shakli va xo'jalik yuritishning shakllaridan qat'i nazar, davlat va jamoat idoralari, ish beruvchilar tomonidan qanday bajarilayotganini nazorat qiluvchi inspektsiya tuziladi. 4. Chet ellarda fuqarolarni, shuningdek chet ellarda ishlash yuzasidan xususiy mehnat bitimlariga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, O'zbekistonga ishga kelgan chet el fuqarolarini ishga yollash va ishga joylashtirish bilan shug'ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyat ko'rsatishiga, kadrlarni o'qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ishga joylashtirish bo'yicha pulli xizmat ko'rsatuvchi yuridik shaxslarning faoliyat ko'rsatishiga O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi beradigan litsenziyaga binoan ruxsat etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.