Avtotransport vositalari yo'lovchilar avtotransporti, yuk avtotransporti va maxsus avtotransport vositalariga bo'linadi.
Yo'lovchilar avtotransporti vositalari jumlasiga avtobuslar, mikroavtobuslar, yengil avtomobillar, yo'lovchilar tashiladigan tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi.
Yuk avtotransporti vositalari jumlasiga yuk avtomobillari, shatakchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi. Konstruktiv jihatlariga hamda qay maqsadlarda foydalanilishiga ko'ra yuk avtotransporti vositalari umumiy va maxsus transport vositalariga bo'linadi.
Maxsus avtotransport vositalari jumlasiga turli maxsus ishlarni, ko'proq notransport ishlarini bajarishga mo'ljallangan avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar (o't o'chirish avtomobillari, kompressor qurilmali avtomobillar, avtokranlar, supurish-sidirish hamda chiqindi tashish avtomobillari va hokazolar) kiradi.
lex.uz’dagi asl matn6-modda. Avtotransport vositalarini tasniflash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.