Law on Road Transport

18-modda. Tashuvchining majburiyatlari

(18-модданинг ўн иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mijozga xizmat ko'rsatish chog'ida tashuvchi: tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lishi; sertifikatga ega bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ro'yxatga olingan ishga yaroqli transport vositalaridan foydalanishi; tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi; yo'lovchilar, bagaj va yuklar tashishning belgilangan qoidalariga rioya qilishi; yo'lovchi, bagaj yoki yukni tayinlangan joyiga tashish shartnomasida belgilangan muddatda eltib qo'yishi. Agar eltib qo'yish muddati tashish shartnomasida belgilanmagan va nazarda tutilmagan bo'lsa, eltib qo'yish oqilona muddatlarda amalga oshirilishi lozim; yo'lovchining xavfsizligini, xizmat ko'rsatishning zarur qulayliklari va shartlarini ta'minlashi; bagaj va yuklarning tashishga qabul qilib olingan paytdan boshlab oluvchiga berilgunga qadar saqlanishini ta'minlashi; yo'l harakati xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini ta'minlashi; tashuvchi tashishni davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda mijoz ko'rgan zararni qoplashi; avtomobilda tashishlar bo'yicha belgilangan tartibga muvofiq hisobga olish va hisobot berish ishlarini yuritishi; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.