Law on Road Transport

15-modda. Yo'lovchilar, bagaj va yuklar tashish shartnomasi

(15-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Yo'lovchilar, bagaj va yuklar tashish shartlari va tomonlarning javobgarligini nazarda tutuvchi tashish shartnomasi asosida tashiladi. Yo'lovchilar, bagaj va yuklarni tashiganlik uchun tashish shartnomasida belgilangan haq olinadi. Qonunchilikka muvofiq avtomobilda tashishlarning ayrim turlari uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan tartibga soluvchi tariflar belgilanishi mumkin. Tartibga soluvchi tariflar bo'yicha tashishlar munosabati bilan tashuvchilarning xarajatlarini qoplash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Tashuvchilarning qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berilgan, shu jumladan bepul yurish huquqi berilgan fuqarolarning ayrim toifalarini tashish bilan bog'liq xarajatlari davlat byudjeti mablag'lari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi. Avtomobil transportida yo'lovchilar, bagaj va yuklarni temir yo'l, dengiz, daryo, havo transporti va transportning boshqa turlari bilan o'zaro hamkorlikda tashish yagona transport hujjatidan hamda shunday tashishni tashkil etish tartibidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan paytda yuzaga keladigan munosabatlar tashuvchilar o'rtasidagi bitim bilan tartibga solinadi. Aholiga avtotransport xizmati ko'rsatuvchi avtovokzallar va yo'lovchilar bekatlari qurish tashuvchilar, davlat byudjeti mablag'lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.