Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining avtomobil transport sohasidagi asosiy vakolatlari quyidagilardir:
avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga kiritish hamda tasdiqlangan dasturni amalga oshirish;
avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, barcha tashuvchilarning faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga ko'maklashish;
avtomobil transportining moddiy-texnika va ijtimoiy negizini mustahkamlashga ko'maklashish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq avtomobil transporti sohasida boshqa vakolatlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vakolatlari
(11-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонунига асосан биринчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.