Avtomototransport vositasining boshqa shaxsga o'tkazilishi haqidagi bitimlar notarius tomonidan tasdiqlanishi davomida avtomototransport vositasining raqam agregatlari va boshqa texnik parametrlarning ro'yxatdan o'tkazish ma'lumotlariga mos kelishi yuzasidan murojaat qiluvchilar tomonidan tekshiriladi va bu haqida shartnomada aks ettiriladi.
Distribyutor va diler tashkilotlari tomonidan ilgari foydalanishda bo'lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasini, shu jumladan, ular tomonidan «TRADE-IN» va «TRADE-UP» dasturlari bo'yicha oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan oldin:
O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 24-moddasi to'rtinchi qismi talablariga rioya etgan holda xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinishi;
avtomototransport vositasi raqam agregatlari va boshqa texnik parametrlarining ro'yxatdan o'tkazish ma'lumotlariga mos kelishi yuzasidan tekshirilishi uchun sotib oluvchining tanloviga ko'ra xohlagan hududiy DYHXX organlariga taqdim etilishi zarur.
Bunda avtomototransport vositasini ko'rikdan o'tkazish natijalari bo'yicha ko'rikdan o'tkazish ma'lumotlari YHXX va uning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan beriladigan ma'lumotnomaga ko'rikdan o'tkazgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, ko'rikdan o'tkazish sanasi ko'rsatilgan holda va mansabdor shaxsning imzosi bilan belgilangan namunadagi shtamp bosilishi yo'li bilan qayd qilinadi. Shtamp o'n kalendar kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnVehicle state registration rules (Cabinet Resolution No. 683, 2017)
7-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 7-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.