Vehicle state registration rules (Cabinet Resolution No. 683, 2017)

62-band. 7-bob. Avtomototransport vositalarini hisobdan chiqarish — 62-band

Transport vositasi quyidagi holatlarda hisobdan chiqarilmaydi: mazkur Nizomning 58 yoki 60-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaganda; avtomototransport vositasiga tushirilgan identifikatsiya tamg'asining yashirilishi, soxtalashtirilishi, o'zgartirilishi, yo'q qilinishi alomatlari yoxud taqdim etilgan hujjatlarning soxtalashtirilishi, taqdim etilgan hujjatlarda yoki ro'yxatga doir hujjatlarda ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlarga avtomototransport vositasi va raqam agregatlarining nomuvofiqligi aniqlanganda; avtomototransport vositasi, raqam agregatlarining qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlarning yo'qolganligi (o'g'irlanganligi) to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lganda; qonunchilikka muvofiq avtomototransport vositasining tasarruf etilishiga taqiq yoki uning xatlab qo'yilishi mavjud bo'lganda; vasiylik va homiylik organining yoki belgilangan yoshga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz avtomototransport vositasi egasining qonuniy vakillarining ruxsati bo'lmaganda; tuman (shahar) Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tomonidan ilgari avtomototransport vositasi uchun berilgan ruxsat mavjud bo'lmaganda; lizing beruvchining roziligi mavjud bo'lmaganda — lizingga taqdim etilgan avtomototransport vositalari uchun. Avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakili avtomototransport vositasini hisobdan chiqarishning rad etish asoslarini bartaraf etgan taqdirda, avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish to'g'risida ariza bilan qaytadan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.