Vehicle state registration rules (Cabinet Resolution No. 683, 2017)

34-band. 4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish — 34-band

O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun yoki vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish uchun egasi yoki uning vakili hududiy boshqarmalarga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi: yuk bojxona deklaratsiyasi; transport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati; YHXX va uning hududiy boshqarmalarining ro'yxatdan o'tkazish harakatlarini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun to'lovlarning to'langanligi haqidagi bank to'lov hujjati (yig'im va to'lovlardan ozod etilgan shaxslar va elektron to'lov tizimlar orqali to'lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno). O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan va vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish vaqtinchalik olib kirish ruxsatnomasida ko'rsatilgan muddatga amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.