YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ilgari ro'yxatga qo'yilmagan yangi avtomototransport vositasini yoki O'zbekiston Respublikasi hududiga kiritilgan va davlat bojxona xizmati organi tomonidan yuk bojxona deklaratsiyasi berilgan avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazishda mazkur Nizomning 16-bandi to'rtinchi xatboshida ko'rsatilgan avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomani taqdim etish talab etilmaydi.
Avtomototransport vositasi sud qarori asosida davlat mulkiga qaratilganda, davlat foydasiga rad etish bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda yoki egasi yo'q deb topilib joylardagi ijro hokimiyati organining qaroriga ko'ra davlat foydasiga o'tganda, basharti auktsionda sotish mobaynida uning ro'yxatga olish to'g'risidagi guvohnomasi mavjud bo'lmasa yoki yo'qotilgan bo'lsa, uning ro'yxatga olinishi auktsionda avtomototransport vositasini sotib olganlikni tasdiqlovchi auktsion natijalari to'g'risidagi bayonnoma asosida amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositasining ro'yxatda turish joyini o'zgartirishga olib keladigan avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o'zgarishi munosabati bilan transport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazishda, mazkur Nizomning 16-bandi beshinchi xatboshida keltirilgan avtomototransport vositasiga bo'lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnVehicle state registration rules (Cabinet Resolution No. 683, 2017)
20-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 20-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.