Vehicle state registration rules (Cabinet Resolution No. 683, 2017)

17-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 17-band

Avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi: a) jismoniy shaxslar uchun — jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat: O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi; 16 yoshga to'lmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — tug'ilganlik haqida guvohnoma; O'zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun — ichki ishlar organlarining propiska to'g'risidagi yoki harbiy qismlarning uy ajratish to'g'risidagi ma'lumotnomasini ilova qilgan holda harbiy qism yoki harbiy muassasalar qo'mondonligi tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy biletlari bundan mustasno); chet el fuqarolari uchun — chet el fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi, harakatlanish hujjati yoxud diplomatik pasporti yoki O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiyani o'tayotganlikni tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi; fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uchun — fuqaroligi bo'lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yoki harakatlanish hujjati; b) jismoniy shaxslarning vakillari uchun: notarius tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki jismoniy shaxs qonuniy vakili vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat; vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (mazkur bandning «a» kichik bandida ko'rsatilgan hujjatlar); v) yuridik shaxslar uchun: yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi; yuridik shaxsning rahbari (direktor, rais) tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik sub'yektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) yuridik shaxs vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma. Yuridik shaxsning erkinliklari ifodalagan holatlarda, ishonchnomaning o'rniga uning rahbari tomonidan uni ushbu lavozimga tayinlash to'g'risidagi qarorning nusxasi yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan holda (tadbirkorlik sub'yektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) taqdim etiladi. vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (mazkur bandning «a» kichik bandida ko'rsatilgan hujjatlar).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.