Vehicle state registration rules (Cabinet Resolution No. 683, 2017)

11¹²-band. 1²-bob. Avtomototransport vositalarini sotish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga login-parollarni rasmiylashtirish, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun elektron shakldagi hisob-ma'lumotnomalarini berish tartibi — 11¹²-band

Login-parollarni rasmiylashtirish uchun ishlab chiqaruvchi, distribyutor va diler tashkilotlari o'z murojaatlariga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi: a) ishlab chiqaruvchilar uchun: ta'sis hujjatlari (ustav, guvohnoma va boshqalar); avtomototransport vositalarini O'zbekistonda ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilishini tasdiqlovchi hujjatlar; avtomototransport vositalarining muvofiqlik sertifikatlari (har bir rusumi bo'yicha); soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR); b) ishlab chiqaruvchilarning vakillari yoki vositachilari (diler, distribyutor) uchun: ta'sis hujjatlari (ustav, guvohnoma va boshqalar); ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan tegishli dilerlik (distribyutorlik) kelishuv hujjatlari (shartnomalar); davlat bojxona xizmati organi tomonidan berilgan yuk bojxona deklaratsiyalari (erkin muomalaga olib kirgan chet elda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalari uchun); avtomototransport vositalarining muvofiqlik sertifikatlari (har bir rusumi bo'yicha); soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR); v) «TRADE-IN» dasturi asosida avtomototransport vositalarini sotuvchi yuridik shaxslar uchun: ta'sis hujjatlari (ustav, guvohnoma va boshqalar); «TRADE-IN» dasturi asosida avtomototransport vositalarini sotishni tasdiqlovchi hujjatlar; soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR); O'zbekiston Respublikasi hududidagi avtomototransport vositalarini ishlab chiqaruvchisi bilan tuzilgan tegishli dilerlik (distribyutorlik) kelishuv hujjatlari (shartnomalar).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.