«Advokatura to'g'risida»gi qonun

9-modda. Advokatlik siri

(9-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 31 декабрдаги ЎРҚ-198-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 52-сон, 514-модда)

Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Advokatlik siri jumlasiga ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) advokatdan yordam so'rab murojaat etganligining o'zi, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) yordam so'rab murojaat etgan masalalar, advokatdan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan o'tkazgan suhbatida to'xtab o'tilgan barcha masalalar kiradi. Advokat, advokat yordamchisi, advokat stajyori, advokatlar byurolari, hay'atlari va firmalari mansabdor shaxslari va texnik xodimlarining advokatlik siri bo'lmish ma'lumotlarni oshkor etishi va bu ma'lumotlardan o'z manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yo'lida foydalanishi man etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.