O'zbekiston Respublikasining yuridik ma'lumotga ega bo'lgan fuqarosi advokat yordamchisi bo'lishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganligi bekor qilinmagan yoki olib tashlanmagan shaxs advokat yordamchisi bo'lishi mumkin emas.
Advokat yordamchisi advokat huquqlariga ega bo'lmaydi hamda uning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarda, surishtiruv, dastlabki tergov organlarida, sudlarda va boshqa davlat organlarida ishlarni olib borishiga yo'l qo'yilmaydi.
Advokat yordamchisi advokat ko'rsatmasiga binoan advokatning yurituvidagi ishlar bo'yicha topshiriqlarni bajaradi, advokatning protsessual vakolatlariga taalluqli ishlar bundan mustasno.
Advokat yordamchisining mehnat sharoitlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Advokatura to'g'risida»gi qonun
8-modda. Advokatning yordamchisi
(8-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.